BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

"Ohangaronsement"ning yangi yuqori texnologiyali zavod qurilishi maydonida ("EVROSEMENT grup" Xoldingi tarkibiga kiradi) xom-ashyo maydalash qurilmalari montaj ishlari yakunlandi.

Ushbu uskunalar ishlab chiqarish jarayonining boshida joylashgan bo'lib, tog' kon sexidagi jag'li maydalagich yordamida ohaktosh birlamchi va korxonada joylashan bolg'ali maydalagich yordamida ohaktosh va tuproq ikkilamchi maydalanadi. Ushbu jarayonlarning ishonchliligi ishlab chiqarish liniyasining keyingi barcha bosqichlari samarali ishlashini va yakuniy mahsulot sifatini ta'minlaydi.

Maydalash uskunalari dunyoning yetakchi sanoat konsernlaridan biri Thyssen Krupp (Germaniya) tomonidan ishlab chiqarilgan. Yangi va mavjud maydalash tizimining quvvati "Ohangaronsement" ishlab chiqarish liniyalarining ehtiyojlarini to'liq ta'minlaydi.

Maydalash komplekslarini boshqarish avtomatlashtirilgan va ishlab chiqarishni boshqarish markazidan amalga oshiriladi. Xom ashyoni maydalash va tashishning barcha uchastkalarida zamonaviy xavoni tozalash uskunalarini o'rnatilganligi ekologik xavfsizlikni va atrof-muhitga ta'sirni minimallashtirishni ta'minlaydi.

Qurilish maydonida montaj ishlari bilan bir vaqtda uskunalarni ishga tushirish va sozlash bo'yicha mutaxassislar jamoasi ishlamoqda, korxona xodimlari esa uskunalarni ishlatishning samarali usullari va eng yaxshi amaliyotlariga o'rgatilmoqda.

Yangi korxona va amaldagi liniyaning umumiy quvvati yiliga 5 million tonna sementni tashkil etadi, "Ohangaronsement" bazasidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish klasteri esa bozorni uy-joy, sanoat va infratuzilma obyektlarini barpo etish uchun yuqori sifatli mahsulotlar liniyasi bilan ta'minlaydi.

Loyiha Rossiya va O'zbekiston davlat rahbarlari imzolangan hamkorlik memorandumi va bosh vazirlar huzurida imzolangan "EVROSEMENT grup" va "O'zsanoatqurilishmateriallari" o'rtasida qurilish materiallari sanoat klasterini qurish bo'yicha kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda.