BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

"Ohangaronsement"da ("EVROSEMENT grup" Xoldingi tarkibiga kiradi) aylanma pechning uzluksiz ishlashi bo’yicha rekord natija qayd qilindi. 2019-2020 yy ta'mirlash mavsumidan so'ng, aylanma pech favqulodda to'xtashlarsiz ishladi va uskunadan foydalanish koeffitsiyenti 99,1% ga yetdi.

Yuqori samaradorlik ko'rsatkichi korxona ta'mirlash ishlariga joriy gilingan tizimli yondashish natijasi bo'lib, u maqsadli chora-tadbirlarni, texnologik uskunalarni ta'mirlash va ulardan foydalanish sifatini bosqichma-bosqich yaxshilashni nazarda tutadi.

Har bir uskunani kundalik tekshirib borish evaziga ularga joriy xizmat ko'rsatish ish hajmi aniqlanadi, kelgusi ta'mirlash mavsumida agregatlarning holatini yaxshilash uchun ma'lumot yig'iladi. Tashxis qo'yish uchun bosh mexanik xizmati vibratsiyali diagnostika uskunalari va boshqa o'lchash asboblarini keng qo'llaydi. Normadan chetga chiqish holatlarini tezkor aniqlash joriy vaziyatni ob'ektiv tahlil qilish va maqbul qarorlar olish imkonini beradi. Aylanma pechga nisbatan bunday tizimli yondashish pech korpusida yoriqlar paydo bo’lishini oldini oldi, uskuna komponentlarini o'z vaqtida almashtirish, boshqa xavflarni aniqlash mumkin bo’ldi va natijada, favqulodda to’xtashlarning oldi olindi.

"Bizning ustuvor vazifamiz – ta'mirlash shunchaki ta'mirlash uchun emas, balki uskuna mustahkamligini maksimal ta'minlash uchun ta'mirlash darajasiga yetkazishdir. Shu tufayli korxona o'z iste'molchilariga kerakli miqdorda yuqori sifatli mahsulot yetkazib berishni kafolatlashi mumkin. Bundan tashqari, zavodda tizimli yondashuv xodimlarning bilim va ko'nikmalarini mukammallashtiradi, ishchi mutaxassislar bilan muhandis-texnik xodimlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar yangi darajaga ko'tariladi", – deydi korxona bosh direktori Gennadiy Kulikov.

Korxonada ta'mirlash va ishlab chiqarish bo'linmalarida ishlayotganlar ichida yildan-yilga yosh mutaxassislar soni ortib bormoqda. "Ohangaronsement" xodimlari zavodda o'qishdan tashqari, "EVROSEMENT grup" korporativ universitetida va Xoldingning Rossiyadagi yetakchi korxonalarida malaka oshiradilar.