BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

“EVROSEMENT grup” xoldingi tarkibiga kiruvchi “OHANGARONSEMENT” korxonasida 2016-yilning 10 oyi yakunlandi. Joriy yilning o’n oyi o’tgan yilning ayni shu davri ko’rsatkichlariga va amaldagi rejaga nisbatan balandroq natijalar bilan yakunlandi.

Hisobot davrida korxona tomonidan 1 583 000 tonna sement va mazkur sement mahsulotini ishlab chiqarish uchun 1 131 006 tonna klinker tayyo’rlandi. Ushbu ko’rsatkichlar 2015-yilning 10 oylik ko’rsatkichlariga nisbatan tegishliligicha 5,8% (86 320 t) va 3,0% (33 323 t) yuqoridir. Sement va klinker ishlab chiqarish ko’rsatkichlari 2016-yil yanvar-oktyabr oylari rejasiga nisbatan 105,8 % va 103,0 %ni tashkil qildi.

Korxona o’z mijozlariga 1 587 131 tonna yuqori sifatli sement yetkazib berdi, bu 2015-yilning ayni shu davri ko’rsatkichiga nisbatan 5,8% (86 997 t) ko’pdir. Оhangaron sementi respublika miqyosidagi muhim ob’ektlarda va shuningdek xususiy sektor qurilishlarida keng ishlatilmoqda.

Кorxonaning ma’muriy-xo’jalik holatini yaxshilash va uskunalar unumdorligini ko’tarish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga tadbiq etish barqaror tarzda davom etmoqda. 2016-yilning 10 oyi davomida modernizatsiya va texnik yangilanish rejasiga ko’ra yuqori changlangan uchastkalarni changdan tozalash uchun yangi DISAB SDT-20T rusumli vakuum agregati, xom-ashyo maydalash bo’linmasida 20 tonnali greyfer krani va xom-ashyo tegirmonlarini me’yorida ishga tushirish tizimi, mexanik ta’mirlash uchastkasida СА 6250 BIA markali chilangarlik kesish stanogi, klinker kuydirish bo’linmasida yangi klinker transportyo’ri, va boshqalar foydalanishga joriy qilindi.