BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

ЕTKAZIB BЕRISH TURLARI

Avtomobilda etkazib berish

«OHANGARONSЕMЕNT» AJ Toshkent shahri va viloyatida to’kma sement va beton mahsulotlarini avtotransportda etkazib beradi. Iste’molchilarga etkaziladigan mahsulotlarning yillik xajmi - 60 ming tonna sement va 17 ming kub metr beton. Korxona o’zining ishlab chiqarish bazasiga ega bo’lib, o’z transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlash bo’yicha barcha turdagi ishlarni bajaradi.

Avtomobil parki:

  • og’ir yuk tortuvchi “MAZ”, yarim tirkamali TЦ-21.3 va 34,5 tonna yuk ko’taradigan TONAR-97461 dan iborat 10 ta sement tashiydigan avtopoezd
  • 10m3 yuk ko’taradigan 3 ta beton qorigich avtomashina
  • 7 m3 yuk ko’taradigan 2 ta beton qorigich avtomashina

«OHANGARONSЕMЕNT» AJning Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi avtomobil parki bir kunda 500/700 tonna to’kma sement va 140/160 m3 beton mahsulotlarini tashish quvvatiga ega. Mazkur hududlarga 10 ta sement tashiydigan avtopoezd va 5 ta beton qorigich avtomashina kecha-kunduz xizmat ko’rsatadi.

Mijozlarning o’zi olib ketishi

«OHANGARONSЕMЕNT» AJ mijozlarga yuk jo’natish uchun korxona omborlarida kerakli mahsulotlar zaxirasi bo’lishini ta’minlaydi.

Yuklar buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan sochiladigan yoki donali materiallar tashish uchun mo’ljallangan maxsus yuk avtotransportida jo’natiladi. Ularni ortish uchun qulay kirish yo’llari tashkil etilgan.

«OHANGARONSЕMЕNT» AJ sementni mijozlarning o’z avtotransportida olib ketishi uchun yuklab beradi. Buning uchun avtortransport og’irligini tortishga mo’ljallangan 80 va 100 tonnalik avtomat tarozilar mavjud, sementning navi va turiga qarab, qo’shimcha yuk ortish tizimi yo’lga qo’yilgan. Avtotransportga yukni ortish vaqti deyarli 40 daqiqani tashkil etadi. Yuklanayotgan mahsulot hajmining to’g’riligini ta’minlash uchun avtomat nazorat tarozisi ishlaydi.

Vagonlarda etkazib berish

«OHANGARONSЕMЕNT» AJ tayyor mahsulotlarni temir yo’l orqali ham etkazib beradi. Sement ham ichki bozorga, ham eksportga jo’natiladi.

Korxonaning bir kunlik mahsulot etkazib berish quvvati - 35 vagon to’kma va qadoqlangan sementdan iborat. Ortilgan sement zavoddan iste’molchiga etib borguncha 4 kun o’tadi, ya’ni vagonlarning yo’ldagi harakatiga sarflanadigan vaqtni tashkil qiladi.

«OHANGARONSЕMЕNT» AJda sementni vagonlarga tez va qulay ortish yo’lga qo’yilgan. Malakali yuk ortuvchilar brigadasi mahsulotni taqdim etilgan vagon yoki avtotransport vositalarining har qanday turiga tez va ehtiyotkorlik bilan yuklab beradi.