BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

MODЕRNIZATSIYA «BESH YILLIGI»

«OHANGARONSЕMЕNT»da ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishning 2013-2018-yillarga mo’ljallangan dasturi uzoq muddatli istiqbolda raqobatbardoshlikni oshirishga yo’naltirilgan.

Modernizatsiya dasturi korxona faoliyatini yangi “quruq” usulda sement ishlab chiqarishga o’tishini nazarda tutadi.

Zavodni uning hozirgi ish faoliyatini to’xtatmasdan, joriy ishlab chiqarish infratuzilmasi va texnologik asbob-uskunalardan maksimal darajada foydalangan holda modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Bunday yondashuv barcha zaruriy ishlarni ishlab chiqarish hajmini pasaytirmasdan amalga oshirish va yangi infratuzilmani “noldan” yaratishga ketadigan mablag’ni tejash imkonini beradi.

Zavodning modernizatsiyalanishi quyidagi natijalarga olib keladi:

  • Ishlab chiqarish quvvati 15 %ga o’sadi, ishlab chiqarish tannarxi esa 30-40 %ga kamayadi
  • Asosiy normativ ko’rsatkichlar bilan solishtirganda ekologiyaga bo’lgan salbiy ta’sir miqdori 2,5 barobarga pasayadi

Bularning barchasi uzoq muddatli istiqbolda “OHANGARONSЕMЕNT” AJning raqobatbardoshliligini oshiradi, respublika sement sanoatiga yangi impuls beradi, shuningdek, hudud ekologiyasiga salbiy ta’sirni kamaytiradi va korxonaning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.