BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

TA’LIM OLISH VA RIVOJLANISH

Korxona tomonidan ishchi-xodimlarning kasbiy mahoratiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu borada ishchi-xodimlarning malakasini oshirish va ularning xizmat pillapoyalaridan o’sib borishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Har bir ishchi-xodim qo’shimcha ta’lim olish yoki maxsus kurslarda o’qish imkoniyatiga ega.

«OHANGARONSЕMЕNT» korxonasida kasbiy o’sishning qator dasturlari doimiy faoliyat olib boradi. Ushbu dasturlar ta’lim olish, malaka oshirish, kadrlar zaxirasini tayyorlash, yosh mutaxassislar bilan ishlash kabi vazifalarni o’zida mujassamlashtirgan:

  • O’quv muassasalarida malaka oshirish. Bu borada oliy o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilinadi.
  • Korxonada malaka oshirish. Har yarim yilda bir marta tegishli komissiya tomonidan ta’lim kursini tugatgan xodimlarning razryadini oshirish yoki bir-biriga yaqin bo’lgan ixtisoslikni o’zlashtirish haqidagi arizalari ko’rib chiqiladi.
  • Oliy o’quv yurtlarida xodimlarning yoki ularning farzandlarini ta’lim olishi. Zavodning istiqbolda mutaxassislarga bo’lgan talabiga muvofiq korxona tomonidan oliy o’quv yurtiga kontrakt puli to’lanishi mumkin.
  • Oliy o’quv yurti, o’rta maxsus kasb-hunar kolleji talabalarining korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o’tishi.
  • Korxonaning kadrlar masalasida himoyalanganligini ta’minlash maqsadida kadrlar zaxirasini shakllantirish, samarali tayyorgarlik tizimini yaratish va o’z vaqtida xodimlarni bo’shagan ish o’rinlariga jalb qilish.
  • Kadrlar zaxirasiga kelajakda yanada o’sish istiqboliga ega bo’lgan samarali xodimlarni saralash va ularni muayyan lavozimga maqsadli tayyorlab borish.
  • Yuksak darajadagi malakaga, boshqaruvchanlik salohiyatiga ega bo’lgan zaxira kadrlarini rahbarlik lavozimlari zaxirasiga tegishli reja asosida tayyorlab borish.

«EVROSEMENT grup» Xoldingining doimiy asosda faoliyat yurituvchi dasturlari doirasida korxona xodimlarining o’z kasbiy malakalarini oshirishi:

  • Yosh mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha «Muvaffaqiyatdan ruhlanganlar» hududlararo dasturi. Batafsil
  • Kasbiy mahorat konkursi. Batafsil
  • Yosh mutaxassislar bilan ishlash bo’yicha “Е avlod” global dasturi. Batafsil
  • «EVROSEMENT grup» Xoldingining Korporativ universitetida o’qish. Batafsil