BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

SIFAT STANDARTLARI

Yuqori sifatli mahsulot – «OHANGARONSЕMЕNT» AJ iqtisodiy o’sishining kafolatidir. Bu borada, korxona tomonidan muntazam ravishda evropa standartlari asosidagi tajribalarni qo’llash imkonini beruvchi istiqbolli tadqiqotlarga, xususan, zamonaviy laboratoriya jihozlarini sotib olish va o’rnatishga alohida e’tibor qaratiladi.

MAHSULOTNING YUQORI SIFATI = TAYYOR MAHSULOTNING YUQORI DARAJADAGI MUSTAHKAMLIGI

  • Xomashyo, xomashyo qorishmasi, klinker va tayyor sement mahsulotining sifat tarkibi doimiy nazorat qilinadi.
  • Laboratoriyaning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi real vaqt rejimida o’tkazilgan sinov natijalarini olish va uning asosida yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan texnologik jarayonni muntazam to’g’rilash imkonini beradi.
  • «OHANGARONSЕMЕNT» korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan sement mahsulotlarining yuqori sifati tegishli muvofiqlik sertifikatlari bilan tasdiqlangan.

IQTISODIY SAMARADORLIK

  • Har bir ob’ektga nisbatan tegishli texnologik kartaning ishlab chiqilishi belgilangan solishtirma sement sarfini kamaytirish imkonini beradi.
  • Mahsulotni etkazib berish tizimining mavjudligi qisqa muddatda qurilish maydonchasini kerakli miqdordagi sement bilan ta’minlash imkonini beradi.
  • Qulay tarzda qadoqlangan mahsulot qurilish maydonchasida sarflanayotgan materialni hisob-kitob qilish imkoniyatini beradi.

SEMENT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARILISHIGA DOIR NORMATIV HUJJATLAR

Normativ hujjatlarda sement va uning tarkibiga nisbatan o’rnatilgan talablarga rioya qilish – ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qo’yiladigan asosiy talablar hisoblanadi. 2004-yil 1-sentyabrdan boshlab O’zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasining davlat standarti sifatida GOST 10178-85 bilan bir qatorda GOST 31108-2003ni joriy qilindi.

Mazkur standart Еvroittifoqning barcha davlatlari uchun klassifikatsiya, texnik talablar va sementning muvofiqlik sifatini o’rnatuvchi usullarni nazarda tutuvchi yagona EN 197-1 standarti bilan uyg’unlashtirilgan.

SEMENTLAR VA ULARNI SINOVDAN O’TKAZISH USULLARIGA YANGI STANDARTLARGA MUVOFIQ RAVISHDA QO’YILGAN TALABLAR

GOST 31108-2003ga asosan boshlang’ich mustahkamlik darajasiga tegishli me’yor o’rnatiladi – bu, o’z navbatida, iste’molchilar uchun betonlarni loyihalashtirish va beton qorishmalarini saralashda muhim parametr hisoblanadi. Ko’pchilik holatda, aynan boshlang’ich mustahkamlikni ta’minlash betondagi solishtirma sement sarfi miqdorini belgilab beruvchi muhim omil hisoblanadi.

GOST 31108-2003ga muvofiq sement sinovlarini o’tkazishda inson omilining salbiy ta’siri maksimal pasaytirilgan, chunki standartga ko’ra suv va sementning doimiy munosabati belgilangan (0,5), avtomatlashtirilgan sinov asbobidan foydalaniladi va polifraksiyaviy standart qum ishlatiladi.

Mazkur standartning joriy etilishi sement ishlab chiqarish va uni iste’mol qilish jarayonining takomillashuvini kafolatlaydi.

«OHANGARONSЕMЕNT» ZAVODIDA GOST 31108-2003 BO’YICHA SEMENT ISHLAB CHIQARISHGA O’TISH

«OHANGARONSЕMЕNT» AJ GOST 31108-2003ga muvofiq ishlab chiqarilgan sementlar asosida tayyorlangan beton mahsulotlarining qurilish-ekspluatatsiya xususiyatlarini aniqlash maqsadida tadqiqotchilik faoliyatini olib bordi. Olingan natijalar GOST 31108-2003ga muvofiq ishlab chiqarilgan sementlarning qurilish-ekspluatatsiya xususiyatlari GOST 10178-85 asosida ishlab chiqarilgan sement mahsulotlari bilan taqqoslanishga muvofiqligini ko’rsatdi.

2012-yilning yanvarida korxona GOST 31108-2003 asosida umumiy qurilish sement mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha muvofiqlik sertifikatini oldi.