BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

ISHLAB CHIQARISHNI MODЕRNIZATSIYALASH

Ishlab chiqarishni doimiy modernizatsiya qilish va texnik jihozlash, yangi samarali texnologiyalarni, shu jumladan, energiya va resurs tejami yuqori texnologiyalarni joriy qilish - «OHANGARONSЕMЕNT» AJ muvaffaqiyatining garovidir. Sement ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida texnik yangilanish bo’lib o’tdi:

  • Tog’-kon va avtotransport texnikasi parkiga «Chetra» buldozerlari, «DOOSAN» frontal yuk tashuvchi mashinalari, «HITASHI» ekskavatorlari, greyderlar, 10 ta «BelAZ» karyer yuk mashinasi, 10 ta sement tashuvchi avtomashina, 6 ta beton tashuvchi avtomashina xarid qilindi.
  • Xomashyo maydalash bo’limida 10 tonnali greyfer krani, 12 ta «Metso minerals» kompaniyasining shlam nasosi o’rnatildi, 3 ta tegirmon korpusi yangisiga almashtirildi.
  • Klinker kuydirish bo’limiga 6 ta yangi klinker transportyori, 4 ta «Shenk» kompaniyasida ishlab chiqarilgan klinker tarozisi, 3- va 4-aylanma pechlarga «Flender» kompaniyasida ishlab chiqarilgan reduktorlar, aylanma pechlardan chiquvchi gazlarni monitoring qiladigan gaz analizatorlari o’rnatildi.
  • Sement maydalash bo’limiga 2 ta sement tegirmoni korpusi, 2 ta greyfer krani, 6 ta lentali torozi me’yorlagichlari o’rnatildi. 
  • Sement yuklash va qadoqlash uchastkasiga yangi elektron avtomobil va temir yo’l tarozilari o’rnatildi. Kadoqlovchi rotor mashinasi kapital remont qilindi, bu esa qadoqlash unumdorligini sutkasiga 1 400 tonnagacha oshirdi.
  • Temir yo’l transporti sexiga xomashyo tushirish uchun yangi chorpoya kran xarid qilindi.
  • 6 ta «Atlas Kopko» kompaniyasida ishlab chiqarilgan kompressorlar xarid qilinib, ishga tushirildi. Natijada sement tegirmonlari va pnevmo kamerali nasoslar ishining unumdorligi oshdi.
  • Mexanik-ta’mirlash uchastkasiga katta xajmli ehtiyot qismlarni ta’mirlash uchun yangi 15 tonnali chorpoya kran sotib olindi.