KORXONANING ISHLAB CHIQARISH QUVVATI
«OHANGARONSЕMЕNT» AJ – ho’l usul bilan portlandsement ishlab chiqaruvchi korxona. Korxonaning sement ishlab chiqarish quvvati - bir yilda 1 736 000 tonna.
- Xomashyo maydalash bo’limida 6 ta xomashyo tegirmoni mavjud (4 tasi 3x14m o’lchamli; 2 tasi 3,2x15m o’lchamli)
- Klinker kuydirish bo’limida 4 ta 4,5x170 m o’lchamli aylanma pech mavjud
- Sement maydalash bo’limida 7 ta sement tegirmoni mavjud (4 tasi 3x14m o’lchamli; 3 tasi 3,2x15m o’lchamli)
Qurilish materiallari va konstruksiyalari kombinati keng turdagi temir-beton mahsulotlari ishlab chiqaradi. Hozirda kombinatning temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvati - yiliga 40 000 m3.
Kombinatda yig’ma temir-beton va yig’ma beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sex va beton uzeli mavjud.