BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

BIRJADAN SEMENT QANDAY SOTIB OLINADI

“OHANGARONSЕMЕNT” AJ mahsuloti (to’kma va qadoqlangan sement) O’zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi orqali sotiladi. Birja savdolariga korxona sement mahsulotining barcha turlari qo’yilgan.

Birja savdolarida qatnashish

Birja savdolarida qatnashish uchun broker idoralarining xizmatidan foydalanish lozim. Birja savdolarida qatnashish shartlari hamda savdo-sotiq, narx-navo, broker idoralari haqidagi ma’lumotlar bilan O’zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining sayti orqali tanishish mumkin (http://www.uzex.uz).

Savdo o’tkazish tartibi

Birja savdolari shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni bo’lib o’tadi. Birja savdolarida qatnashish uchun so’ralayotgan sement hajmining 10% miqdorida garov avansi to’lash lozim. Bitim tuzilgandan so’ng lotda ko’satilgan shartlarga muvofiq sement sotib olish uchun birja shartnomasi imzolanadi. Mahsulot uchun to’lovlar shartnoma tuzilgandan so’ng 5 kun ichida amalga oshiriladi. Sement yetkazib berish to’lov amalga oshirilgandan so’ng 10 kun ichida bajariladi. Namunaviy shartnoma shartlari bilan O’zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining sayti orqali tanishish mumkin (http://www.uzex.uz).

Shartnomaning muhim shartlari

Shartnomaning quyidagi muhim shartlariga e’tibor bering:

  • To’lov sharti – 100% oldindan to’lash
  • Mahsulot yetkazib berish - to’lov amalga oshirilgan kundan so’ng 10 kun ichida