BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

IJTIMOIY MAS’ULIYAT

«OHANGARONSЕMЕNT» korxonasi tomonidan har yili ijtimoiy ahamiyatga ega madaniy tadbirlar, jamoat va diniy tashkilotlar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari qo’llab-quvvatlanadi.

  • Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish

«OHANGARONSЕMЕNT» korxonasida ijtimoiy mas’uliyatni his qilgan holda, hududdagi maktab va shifoxonalarni ta’mirlash bo’yicha faol ish olib boriladi. Shuningdek, korxona ishchi-xodimlarining birinchi bor maktabga borayotgan bolalari uchun har yili “Birinchi sinf o’quvchisi” aksiyasi o’tkaziladi.

  • Sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish

«OHANGARONSЕMЕNT» korxonasi sport-sog’lomlashtirish majmualarining qurilishida ishtirok etish orqali yoshlar va katta yoshdagi aholi qatlamlari o’rtasida sog’lom turmush tarzi qadriyatlarining o’sishiga yordam beradi. Korxonada har yili muntazam ravishda korporativ spartakiada o’tkaziladi. Shuningdek, korxona hududida yangi sport inventarlari bilan jihozlangan trenajer zali faoliyat yuritadi.

INSONGA G’AMXO’RLIK

«OHANGARONSЕMЕNT» korxonasi o’z ishchi-xodimlari uchun mumkin qadar qulay mehnat shart-sharoitlarini yaratishga intiladi. Ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlash va xodimlar o’rtasida ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish bu boradagi ustuvor vazifalar qatoriga kiradi.

Zavodda ishchi-xodimlar uchun oshxona, yuvinish xonalari, shuningdek, tegishli tibbiy maslahat va yordam olish mumkin bo’lgan, malakali mutaxassislardan tarkib topgan tibbiy punkt faoliyat yuritadi.

BOLALAR RASMLARI KONKURSI

«OHANGARONSЕMЕNT» korxonasi xodimlarining farzandlari har yili “EVROSEMENT grup” Xoldingi tomonidan tashkil etiladigan bolalar rasmlari konkursida ishtirok etadilar. Mazkur konkurs yosh avlodni ekologiya, sport, texnologik rivojlanish masalalariga, shuningdek, o’z ota-onalarining kasblariga bo’lgan qiziqishni uyg’otish maqsadini ko’zlaydi.

2014-yilda konkurs Xolding tomonidan e’lon qilingan “IT-texnologiyalar” yiliga bag’ishlandi.

2013-yilda “EVROSEMENT grup”ning EKO-SAYYORASI” mavzusida bo’lib o’tdi.

2012-yilda Korporativ spartakiada timsoliga bag’ishlandi.