BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

HOMIYLIK VA XAYRIYA TADBIRLARI

«OHANGARONSЕMЕNT» korxonasi o’z xayriya faoliyati doirasida kelajakka investitsiyalar yo’naltirib, aholi o’rtasida yangi madaniy qadriyatlar va an’analarni yuksaltirishda qatnashadi. Korxona “EVROSEMENT grup” Xoldingi faoliyat yuritadigan hududda sport, san’at, ma’rifat va infratuzilmani rivojlantirish hamda qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq keng miqyosdagi bunyodkorlik ishlarini olib boradi.

«OHANGARONSЕMЕNT» korxonasi xayriya faoliyatidagi ustuvor yo’nalishlardan biri O’zbekiston Respublikasining sport sohasidagi loyihalarini qo’llab-quvvatlashdir:

  • Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi
  • Og’ir atletika federatsiyasi
  • Olimpiya va paralimpiya qo’mitalari
  • Tayek-vando federatsiyasi

Korxona turli yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlarining qurilishi va qayta ta’mirlanishining moliyalashtirilishida qatnashdi:

  • Toshkent viloyatida joylashgan “Oqtosh” sanatoriysini kapital qayta ta’mirlash
  • Toshkent arxitektura-qurilish institutining talabalar yotoqxonasini kapital qayta ta’mirlash
  • Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, Yangi yil bayramlarini respublika miqyosida tashkil qilish
  • Toshkent viloyati O’rtachirchiq tumani Soldatskiy qishlog’ida joylashgan Apostol Foma nomidagi pravoslav ibodatxonasini ta’mirlash
  • “Bunyodkor” stadionining qurilishi
  • Namangan shahrida bunyod etilgan Yoshlar parki kirish portalining qurilishi
  • Navro’z bayrami arafasida Buxoro shahrini obodonlashtirish 
  • Qibraydagi Yozuvchilar uyini qayta ta’mirlash
  • “Umid nihollari” bolalar spartakiadasini o’tkazish
  • “Barkamol avlod” yoshlar spartakiadasini o’tkazish
  • “Sharq taronalari” xalqaro musiqiy festivalini tashkil etish
  • Mustaqillik maydonida o’tkaziladigan asosiy bolalar Archa bayramini tashkil etish

Korxona tomonidan salmoqli xayriya tadbirlari Ohangaron tumanida ham amalga oshiriladi:

  • imkoniyati cheklangan kishilarni qo’llab-quvvatlash (nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari, ortopedik mahsulotlar bilan ta’minlash) • kam ta’minlangan oila farzandlarini qo’llab-quvvatlash (yangi yil sovg’alari ulashish)
  • mehnat va urush faxriylarini qo’llab-quvvatlash (Toshkent, Samarqand, Xiva shaharlariga safarlar uyushtirish, bayram dasturxonlari tashkil etish)
  • obodonlashtirish ishlari (“Muruvvat” qariyalar uyi, shahar hududidagi axlatlarni tozalash)
  • bolalar bog’chalari va aholi turar-joy binolaridagi tomlarni yopish ishlari
  • shifoxonaning isitish tizimi, liftini ta’mirlash; shahar ostonasidagi stelani bo’yoqlash, suvoqova hududiga to’siqlar qo’yish
  • tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishga ko’maklashish (Ohangaron daryosining yangi o’zanini qurish, suv toshqini natijasida shikast etgan aholi turar-joy binolarini tiklash uchun shlakobloklar ajratish)
  • qurilish ishlari (4-kichik mavze hududida sport maydonchasini bunyod etish, aholi istiqomat qiluvchi mavzelarda axlat to’plashga mo’ljallangan joylarni barpo etish, 4-kichik mavze hududida suv oqib ketishiga mo’ljallangan irrigatsiya tarnovlarini o’rnatish)
  • diniy konfessiyalarni qo’llab-quvvatlash (shu jumladan, nasroniy qabristonlariga qarashli ibodatxonalar)
  • maxsus texnika yordamida transport xizmatlari ko’rsatish (baland imoratlarga mo’ljallangan, yer kavlaydigan, yuk ko’taradigan mexanizmlar xizmati)
  • yo’lovchi transportida xizmat ko’rsatish (paxtakorlarni, boshqa shaharlarda tashkil etiladigan tadbir ishtirokchilari va boshq. tashish)
  • oldin foydalanilgan avtotransport texnikasini beg’araz berish (tirkamali traktorlar – 4 dona, avtobus – 1 dona)
  • oldin foydalanilgan kompyuterlarni maktablarga, 7-sonli maxsus maktab o’quvchilariga berish (jami – 19 dona)
  • qishloq hududida suv ta’minotini yaxshilashga mablag’ ajratish
  • shaharda bayramlarga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish (Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, Yangi yil)