BUNYODKORLIK ASOSI
A- A A+
РусскийO'zbek (UZ)

EKOLOGIK SIYOSAT

Ishlab chiqarish ekologik xavfsizligini va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash «OHANGARONSЕMЕNT» korxonasi ekologik siyosatining eng muhim vazifalari qatoriga kiradi.

«OHANGARONSЕMЕNT» sement zavodi o’zi joylashgan hududdagi atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Korxona atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar ustidan ekologik monitoring olib boradigan sanoat-sanitar laboratoriyasi va yuqori aniqlik asosida ishlaydigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.

Tabiat va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida muntazam muhofazalash tadbirlari o’tkaziladi.

ATMOSFЕRA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH

  • Sement siloslaridagi aspiratsiya jarayonining modernizatsiya qilinganligi
  • Chang va gaz chiqindilarini tozalaydigan uskunalarning joriy va kapital ta’mirlanganligi
  • Chiqindilarning havoga chiqarilishini o’rnatilgan me’yorlarga muvofiq operativ nazorat qilish uchun laboratoriyaning zaruriy asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi

YЕR RЕSURSLARINI MUHOFAZA QILISH

  • Foydali qazilmalarni qayta ishlash jarayonida o’z xususiyatini yo’qotgan yer maydonini qayta kultivatsiyadan o’tkazish

SUV RЕSURSLARINI MUHOFAZA QILISH

  • Suv resurslaridan oqilona foydalanish
  • Chiqindi (oqova) suvlar tarkibi sifatining nazorat qilinishi
  • Korxonani ichimlik suvi bilan ta’minlovchi tizimni qayta ta’mirlanganligi

«Biz bu yerda yashaymiz va ishlaymiz» ekologik aksiyasi

Mazkur «EVROSEMENT grup» umumxolding aksiyasi «OHANGARONSЕMЕNT» korxonasida har yili muntazam ravishda o’tkaziladi. Tadbirni o’tkazishdan asosiy maqsad – ekologiya to’g’risida qayg’urish, xodimlar va ularning oila a’zolarini «yashil ko’ngillilar» safida jipslashtirish va aholining yashashi va ishlashi uchun qulay sharoit yaratishdir. Aksiya doirasida korxona ishchi-xodimlari zavod va uning atrofidagi hududlarda tozalash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini bajaradi.